logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Biz inqirozdamiz": Flik "Barselona"ning ketma-ket mag'lubiyatlaridan so'ng achchiq haqiqatni tan oldi

 17 FEVRAL, 2026, 10:48

Kataloniyaning "Barselona" klubi yana mag'lubiyatga uchradi, bu safar Ispaniya chempionati doirasidagi "Jirona"ga qarshi bahsda. "Barselona"ning germaniyalik ustozi Xansi Flik vaziyatdan norozi ekanligini yashirmadi.

Uning so'zlariga ko'ra, gap inqiroz haqida ketmoqda — o'tgan haftada "Barselona" Ispaniya Kubogida Madridning "Atletiko" jamoasiga 0:4 hisobida yirik mag'lubiyatga uchragan edi.

"Biz yaxshi holatda emasmiz, biz inqirozga yuz tutdik. Hozir bizda javoblarni topish va qattiq ishlash uchun bir hafta vaqt bor. Balki bizga boshqacha mentalitet va boshqa daraja kerakdir. Biz yaxshiroq o'ynashimiz shart", — deya Flikning so'zlarini keltiradi "Barselona" klubi rasmiy sayti.

Ushbu natijalardan so'ng "Barselona" Ispaniya chempionati turnir jadvalida birinchi o'rinni boy berdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ