logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Dembelening «Monako»ga qarshi Chempionlar ligasi o'yinida ishtirok etishi so'roq ostida

 17 FEVRAL, 2026, 03:30

«PSJ» hujumchisi Usmon Dembele UEFA Chempionlar ligasi doirasidagi «Monako»ga qarshi uchrashuv oldidan noqulaylik his qilmoqda. Uning o'yindagi ishtiroki shubha ostida qolmoqda. Bu haqda X ijtimoiy tarmog'idagi The Touchline sahifasi xabar berdi. Chempionlar ligasining ilk o'tish o'yini ertaga, 17 fevral kuni Monakodagi «Lui II» stadionida bo'lib o'tadi.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, Dembele «PSJ» mashg'ulotlaridan birida oyog'idan jarohat olgan va Liga 1 ning 22-tur uchrashuvi uning holatini yanada yomonlashtirgan — jarohat sababli u 74-daqiqada maydonni tark etishga majbur bo'lgan.

Joriy mavsumda Usmon Dembele klub safida barcha turnirlarda 24 ta o'yinda ishtirok etdi. Uning hisobida 11 ta gol va ettita golli uzatma bor. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bahosi 100 mln evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ