logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Angliya Kubogi. «Brentford» qiyinchilik bilan keyingi bosqichga yo'l oldi

 17 FEVRAL, 2026, 03:12

Angliya Kubogining 1/16 finali doirasida APL vakili «Brentford» safarda kamtarona «Maklsfild» jamoasi mehmoni bo'ldi. Bahs kutilganidan ko'ra keskinroq o'tdi va faqatgina bitta gol o'yin taqdirini hal qildi.

Uchrashuvning birinchi bo'limida hisob ochilmadi. 70-daqiqada mezbonlar himoyachisi Sem Xitkot o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi va ushbu avtogol «asalarilar»ga g'alaba keltirdi — 0:1.

Shu tariqa, «Brentford» musobaqaning 1/8 finaliga yo'l oldi va ushbu bosqichda «Vest Xem» jamoasi bilan kuch sinashadigan bo'ldi.

Angliya Kubogi, 1/16 final
«Maklsfild» — «Brentford» — 0:1
Gol: Xitkot, 70 (avtogol).

«Brentford»: Valdimarsson, Pinnok, Kollinz, Xiki, Kayode, Yarmolyuk, Yanelt, Yensen, Nelson (Lyuis-Potter, 61), Donovan (Bentt, 90), Furo (Uattara, 71).

Ogohlantirishlar: Douson (84) — Yanelt (21), Yarmolyuk (77).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ