Mourino: "Real" muxlislari meni haligacha aynan shuning uchun hurmat qilishadi va qadrlashadi"
16 FEVRAL, 2026, 22:30
"Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourino "Real" murabbiylik kursisidagi davri haqida fikr bildirdi.
"Real"da nimalargadir erishdim, nimadadir muvaffaqiyatsizlikka uchradim, lekin men haqiqatan ham bor kuchimni berdim. "Real" muxlislari meni haligacha aynan shuning uchun hurmat qilishadi va qadrlashadi", — deya Mourinoning so'zlarini keltiradi "The Touchline".
Joze Mourino 2010–2013 yillarda "Real"ni boshqargan. O'sha davrda "qaymoqranglilar" Ispaniya chempionati, Ispaniya kubogi va Ispaniya superkubogida g'olib chiqishgan.
Seshanba kuni, 17 fevral kuni "Benfika" va "Real" Chempionlar ligasida o'zaro to'qnash kelishadi.
