logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Totti «Roma» bilan muzokaralar olib borilayotganini tasdiqladi

 16 FEVRAL, 2026, 22:24

Franchesko Totti o'zining «Roma»ga qaytishi mumkinligi haqidagi ma'lumotlarga munosabat bildirdi. Avvalroq Totti klubda texnik direktor lavozimini egallashi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

«Hozir u erda bo'lmasam ham, "Roma" — mening uyim. Klub qanday yo'ldan ketayotganidan mamnunman. Oxirgi vaqtlarda ko'plab mish-mishlar tarqaldi. Bu haqiqat, biz muloqot qilyapmiz, tafsilotlarni muhokama qilyapmiz va hamma uchun nima yaxshiroq bo'lishini hal qilyapmiz. Umid qilamanki, tez orada bu masalani ijobiy hal qilamiz», — dedi Totti Sky Sport Italia nashriga.

Franchesko Totti futbolchilik faoliyatini 2017 yilda yakunlagan edi. Shundan so'ng u bir necha yil davomida klubda menejer sifatida faoliyat yuritgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ