logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Seyvlar foizi bo'yicha APLning eng yaxshi darvozaboni kimligi ma'lum bo'ldi

 16 FEVRAL, 2026, 22:00

Birmingemning «Aston Villa» klubi posboni Emiliano Martines seyvlar foizi bo'yicha statistik jihatdan Angliya Premer-ligasining joriy mavsumdagi eng yaxshi darvozaboni bo'lib turibdi. Football Insider xabariga ko'ra, amaldagi jahon chempioni hozirda liga darvozabonlari orasida eng yuqori ko'rsatkichga ega — uning seyvlari 77% ni tashkil etmoqda.

Martines joriy mavsumda o'z klubi safida jami 28 ta rasmiy o'yinda maydonga tushdi, shulardan 22 tasi Premer-liga hissasiga to'g'ri keladi. Ushbu 22 ta bahsda Martines o'z darvozasidan jami bor-yo'g'i 19 ta gol o'tkazib yubordi.

«Aston Villa» APLda kuchli uchlikda qolishda davom etmoqda. Hozirda birmingemliklar hisobida 50 ochko mavjud va jamoa turnir jadvalida sof uchinchi o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ