logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:34
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Bastoni «Yuventus»ga qarshi o'yindan so'ng haqorat va tahdidlarga uchradi

 16 FEVRAL, 2026, 18:24

«Inter» himoyachisi Alessandro Bastoni A Seriya doirasidagi bahsning (3:2) birinchi bo'limida yiqilish vaziyatini bo'rttirib ko'rsatib, «Yuventus» himoyachisi Per Kalyulyuning maydondan chetlatilishiga sabab bo'ldi.

O'yindan so'ng ijtimoiy tarmoqlarda futbolchining manziliga tahdid va haqoratlar yog'ildi. Shu sababli Bastoni o'z postlari ostida sharh qoldirish imkoniyatini cheklab qo'ydi, uning rafiqasi Kamilla Breshiani esa o'z akkauntini faoliyatsiz holatga keltirdi.

Qayd etilishicha, yuzaga kelgan ushbu vaziyatda «Inter» klubi o'z himoyachisi atrofida jipslashgan. Klub rahbariyati futbolchini tinchlantirish maqsadida u bilan allaqachon suhbatlashgan.

«Inter»dagilar Bastoni tomonidan ilgari hech qachon simulyatsiya ishlatilmagan deb hisoblamoqdalar.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ