logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Pike: "Raqiblar "Barselona"ga qarshi xuddi EChL finalida tushgandek o'ynashadi"

 16 FEVRAL, 2026, 16:12

«Barselona» klubi afsonasi Jerar Pike La Ligadagi raqiblarning «ko'k-anorranglilar»ga qarshi o'yinlardagi ishtiyoqi haqida gapirdi. Uning fikricha, jamoalarning «Barsa»ga qarshi munosabati boshqa o'yinlardan keskin farq qiladi.

«Bu kulgili, chunki oddiy o'yinlarda jamoalarning yutqazayotganini ko'rasan — masalan, «Atletiko Madrid» «Rayo Valekano»ga yutqazadi… lekin ular «Barselona»ga qarshi o'ynaganda birdaniga hammasi xuddi Chempionlar Ligasi finalidek bo'lib ketadi.

Har bir to'qnashuv — go'yoki hayot-mamot masalasi. Har bir duel — finalning so'nggi daqiqasidek. Ular «Barsa»ga qarshi 200 foiz kuch bilan yugurishadi.

Bu mavsum ayniqsa, har bir jamoa bizga qarshi o'yinni xuddi o'zining EChL finalidek qabul qilmoqda. Bu rostdan ham g'alati. Haqiqat shu — «Barselona»ga qarshi maydonga tushganingda, shunchaki navbatdagi o'yinni emas… mavsumingdagi eng muhim o'yinni o'ynaysan», — deydi Pike.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ