logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Rasman: "Mashal" ganalik futbolchini tarkibga qo'shib oldi

 16 FEVRAL, 2026, 15:48

Muborakning "Mashal" jamoasi 2026 yilgi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish borasidagi ishlarini davom ettirmoqda.

"Klub rahbariyati ganalik markaziy yarim himoyachi Abdul Rashid Abubakar bilan shartnoma imzoladi.

2000 yil 16 mart kuni tavallud topgan (25 yosh) futbolchi maydon markazida ishonchli harakatlari, yuqori jismoniy tayyorgarligi va universalligi bilan ajralib turadi. U markaziy yarim himoyachi poziciyasidan tashqari tayanch hamda hujumkor yarim himoyachi sifatida ham samarali o'ynay oladi. Bo'yi 178 sm bo'lgan Abubakar o'ng oyoqli futbolchi hisoblanadi.



Abdul Rashid Abubakar professional faoliyatini "Accra Lions" klubida boshlagan. Keyinchalik u xalqaro maydonlarda to'p tepib, turli mamlakat chempionatlarida tajriba orttirdi. Xususan, Bosniya va Gercegovinada "Saraevo" safida, Serbiyada "Loznica" jamoasida, O'monda "Bahla", Moldovada "Spartanii Selemet" klublari sharafini himoya qilgan. SHuningdek, Qozog'iston Premer-ligasida "Ordabasi" hamda "Atirau" jamoalari tarkibida ishtirok etgan.

Futbolchi "Mashal" safiga erkin agent sifatida kelib qo'shildi. Transfermarkt portali malumotlariga ko'ra, uning transfer qiymati 100 ming evroga baholanmoqda", – deyiladi xabarda.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ