logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Trubin hujumda o'ynamaydi». Mourino — «Benfika»ning EChLda «Real»ga qarshi bo'ladigan o'yini haqida

 16 FEVRAL, 2026, 13:54

«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourino Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasida Madridning «Real» klubiga qarshi bo'lib o'tadigan o'yin haqida fikr bildirdi.

«Shubhasiz, bu juda qiyin o'yin bo'ladi. Bu pley-offning faqat birinchi qismi. «Da Lush»da Trubin hujumda o'ynamaydi. Men bunday to'qnashuvlarga o'rganib qolganman, butun umrim davomida shu ish bilan shug'ullanganman.

Ko'pincha odamlar birinchi o'yinda u yoki bu sabablarga ko'ra ma'lum bir natijaga erishish kerak deb o'ylashadi. Men esa yakuniy natija faqat javob o'yinidan keyin bo'lishini aytaman.

Biz birinchi o'yinni sovuqqonlik, ambitsiya va ishonch bilan o'tkazamiz. Biz Chempionlar ligasi qirollariga nima qilganimizni bilamiz... Ular yaralangan. Yaralangan qirol esa xavfli bo'ladi», — deya Mourinoning so'zlarini keltirmoqda Sport.es.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ