«Lion» qatorasiga 13 ta o'yinda g'alaba qozondi
16 FEVRAL, 2026, 13:24
«Lion» barcha musobaqalarda ketma-ket 13 ta g'alabaga erishdi.
Paulu Fonseka jamoasi Liga 1ning 22-turida «Nitstsa»ni (2:0) mag'lub etdi.

45 ochko bilan «Lion» Frantsiya chempionati turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi. Jamoa «PSJ»dan 6 ochko, «Lans»dan esa 7 ochko ortda qolmoqda.
22 fevral kuni «Lion» Frantsiya chempionati doirasida safarda «Strasbur» bilan to'qnash keladi.