logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Oblak 0:3 hisobidagi mag'lubiyat haqida: «Haqiqiy «Atletiko»ni «Barselona» bilan o'yinda ko'rgandingiz»

 16 FEVRAL, 2026, 12:42

Madridning «Atletiko» klubi darvozaboni Yan Oblak La Liganing yakshanba kungi bahsida «Rayo Valekano»dan uchralgan yirik mag'lubiyatdan (0:3) so'ng intervyu berdi.

«Matraschilar» Ispaniya Kubogi yarim finali doirasida «Barselona» ustidan qozonilgan olamshumul g'alabadan (4:0) uch kun o'tib «arilar» bilan to'qnash kelishdi. Bu safar Diego Simeone jamoasi kutilmaganda autsayderlardan biriga imkoniyatni boy berib qo'ydi.

«Haqiqiy «Atletiko» — bu o'tgan galgi «Barselona» bilan o'yindagi jamoadir. Biz har bir bahsda aynan shunday harakat qilishimiz kerak. Doimo mana shu imijga intilishimiz lozim», — deya Oblakning intervyusidan iqtibos keltirmoqda Ispaniya OAVlari.

Chorshanba kuni, 18 fevral kuni «Atletiko» Chempionlar ligasi doirasida Belgiyaning «Bryugge» jamoasi bilan to'qnash keladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ