logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arteta yirik g'alabadan so'ng Ezening o'yiniga baho berdi

 16 FEVRAL, 2026, 12:36

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya Kubogi doirasida «Uigan»ga qarshi kechgan bahsdagi (4:0) yarim himoyachi Eberechi Ezening ishtiroki haqida fikr bildirdi.

«Kanonirlar» 27-daqiqaga kelib raqib darvozasini to'rt bor ishg'ol qilishdi va o'yin taqdirini amalda hal qilib bo'lishgandi. Eze ushbu uchrashuvda ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi.

«Eze hozirdanoq «Arsenal»da muhim rol o'ynamoqda. U ko'plab o'yinlarda ishtirok etdi va bundan keyin ham muntazam ravishda maydonga tushishda davom etadi. Kreativ o'yinchilar, ayniqsa, bunday lahzalarga muhtoj — ular aynan o'zlari vaziyatlarni yaratayotganliklarini his qilishlari juda muhim», — deya Artetaning so'zlarini jurnalist Fabritsio Romano keltirmoqda.

Eberechi Eze o'tgan yilning yozida «Kristal Pelas»dan «Arsenal»ga o'tgan edi. Transfer qiymati deyarli 70 mln evroni tashkil qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ