Bahodir Jalolov Dmitriy Bivol bilan birga Qirg'izistonda mashg'ulot o'tkazmoqda (VIDEO)
16 FEVRAL, 2026, 12:16
O'zbekistonlik super og'ir vaznli professional bokschi Bahodir Jalolov Qirg'izistonda bo'lib turibdi.Hamyurtimiz Issiq-Ko'lda tashkil etilgan o'quv-mashg'ulot yig'inida Rossiya/Qirg'iziston vakili, yarim og'ir vazn toifasidagi Jahon chempioni Dmitriy Bivol bilan birgalikda mashg'ulot o'tkazmoqda.
Jalolovning keyingi jangi mart oyida Londonda bo'lib o'tishi kutilmoqda.
Manba: olamsport.com
