logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:34
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Keyn XXI asrda penaltidan gol urish bo'yicha uchinchi o'rinda

 16 FEVRAL, 2026, 12:12

«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn yaqinda faoliyatidagi yuzinchi penaltisini golga aylantirdi.

Angliyalik futbolchi Germaniya Bundesligasi doirasidagi «Verder»ga qarshi kechgan bahsda (3:0) o'n bir metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirdi. Ushbu uchrashuvning o'zida 32 yoshli hujumchi faoliyati davomida urgan gollarining umumiy sonini 500 taga etkazib oldi.

«Bavariya» forvardi XXI asrda penaltidan 100 ta gol urish marrasini zabt etgan uchinchi futbolchiga aylandi, deb xabar bermoqda FIFA World Cup Stats. Nuqtadan yo'llangan aniq zarbalar soni bo'yicha undan yuqoriroqda faqat Krishtianu Ronaldu (181) va Lionel Messi (112) joy olgan.

Xarri Keyn 2023 yilda faoliyatining boshidan beri sharafini himoya qilib kelgan «Tottenxem» klubidan «Bavariya»ga o'tgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ