logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:03
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arbeloa Alonso davrida yuzaga kelgan "Real" muammosini tuzatdi

 16 FEVRAL, 2026, 11:48

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa o'zidan oldingi murabbiydan so'ng jamoadagi vaziyatni barqarorlashtirishga muvaffaq bo'ldi.

«Qaymoqranglilar»ning avvalgi ustozi Xabi Alonso futbolchilar bilan mustahkam aloqa o'rnata olmagan, yakunda esa ularning ishonchini butunlay yo'qotgan edi. Diario AS nashriga tayanib «Gazeta.Ru» xabar berishicha, Arbeloa jamoada ahillikni tiklashga erishdi. Yangi murabbiy qo'l ostida Madrid grandi kiyinish xonasida yana birdamlik hukm surmoqda.

Eslatib o'tamiz, «Real» 12 yanvar kuni Alonsoning iste'fosini va Arbeloaning tayinlanganini e'lon qilgan edi. O'shandan beri jamoa sakkizta o'yin o'tkazib, ularda oltita g'alaba va ikkita mag'lubiyat qayd etdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ