logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

100 million evroga baholanayotgan 19 yoshli futbolchi uchun APL klublari va «Bavariya» raqobat qiladi

 16 FEVRAL, 2026, 11:06

«RB Leyptsig» futbolchisi Yan Diomande katta ehtimol bilan kelayotgan yozda jamoasini o'zgartiradi. 19 yoshli vinger uchun kurashda «Bavariya» va Angliya Premer-ligasi grandlari to'qnash kelishadi, deb xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.

«RB Leyptsig» hozircha yosh yulduzning narxi borasida bir qarorga kelmagan, biroq futbolchiga bo'lgan talab juda yuqori. Myunxenliklar ustozi Vensan Kompani ivuarlik iqtidor egasini yuqori baholamoqda.

Transfermarkt portali talqiniga ko'ra, Yan Diomandening narxi 45 mln evroni tashkil etadi, ammo avvalroq tarqalgan mish-mishlarga ishonilsa, «qizil buqalar» 100 mln evro atrofida mablag' so'rashlari mumkin.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ