logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Pedri kutilganidan erta safga qaytadi

 16 FEVRAL, 2026, 10:42

«Barselona» yarim himoyachisi Pedri maydonga qaytishga yaqin turibdi.

«Ko'k-anorranglilar» etakchisi jamoaning oxirgi oltita uchrashuvini, jumladan, Ispaniya kubogi yarim finalidagi «Atletiko Madrid»ga qarshi omadsiz o'yinni (0:4) o'tkazib yubordi. Diario Sport nashrining yangilangan ma'lumotlariga ko'ra, yarim himoyachi kutilganidan ertaroq o'ynay oladi: uning keyingi yakshanba, 22 fevral kuni bo'lib o'tadigan «Levante»ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilishi kutilmoqda.

Bungacha Xans-Diter Flik shogirdlari «Jirona» bilan to'qnash kelishadi. Kataloniya derbisi dushanba kuni bo'lib o'tadi, o'yinning boshlanishi Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 ga belgilangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ