logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Trentning yorqin o'yini Arbeloani ishontira oldi

 16 FEVRAL, 2026, 10:12

Madridning «Real» klubi o'ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnold safga qaytganidan so'ng o'z o'yini bilan bosh murabbiy Alvaro Arbeloani hayratda qoldira oldi.

Angliyalik futbolchi jarohatini davolab, yaqinda La Liga doirasida «Real Sosedad»ga qarshi kechgan bahsda dekabr oyidan beri ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi. 27 yoshli futbolchi golli uzatmani amalga oshirdi va yorqin o'yin ko'rsatdi. Marca nashrining ma'lumotlariga ko'ra, Trent Chempionlar ligasining bo'lajak «Benfika»ga qarshi uchrashuvida albatta asosiy tarkibda maydonga tushadi. «Qaymoqranglilar» ustozida «Liverpul»ning sobiq yulduzi borasida hech qanday shubha yo'q.

«Benfika» va «Real» o'rtasidagi qarama-qarshilikning dastlabki o'yini seshanba kuni Lissabonda bo'lib o'tadi. O'yinning boshlanishi Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 ga belgilangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ