logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Patris Evra Messi va Ronalduni solishtirdi

 16 FEVRAL, 2026, 09:42

Mashhur sobiq frantsuz futbolchisi Patris Evra Lionel Messi va Krishtianu Ronalduni o'zaro taqqosladi.

«Manchester Yunayted» va «Yuventus»ning sobiq himoyachisi portugaliyalik futbolchini argentinalikdan yuqori baholashini bir necha bor tan olgan.

«Iste'dod har kimda bo'lishi mumkin — gap qanchalik mehnat qilishga tayyorligingda. Messining muxlislari meni yomon ko'rishadi, chunki men Ronalduni avlodning eng buyuk o'yinchisi deb atayman. Biz ularni umuman solishtirmasligimiz kerak, ammo hamma gap ishga bo'lgan munosabatda», — deya Evraning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Al Nassr Zone.

41 yoshli Krishtianu Ronaldu Saudiyaning «Al-Nasr» jamoasida o'ynashda davom etmoqda. 38 yoshli Lionel Messi esa «Inter Mayami» sharafini himoya qilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ