logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Braziliya chempionati. Neymar joriy mavsum ilk bor o'ynagan bellashuvda «Santos» raqibini tor-mor keltirdi (videosharh)

 16 FEVRAL, 2026, 09:30

«Santos» Paulista chempionatining sakkizinchi turi doirasidagi o'z uyida kechgan bahsda «Velo Klub»ni tor-mor etdi — 7:0.

«Santos» hujumchisi Neymar tizzasidagi operatsiyadan so'ng 2026 yilgi mavsumda o'z jamoasi safidagi ilk o'yinini o'tkazdi. Bungacha forvard 10 ta o'yinni o'tkazib yuborgan edi.

34 yoshli braziliyalik futbolchi ikkinchi bo'lim boshida zaxiradan maydonga tushdi.

«Santos» safida Gabriel Barbosa (dubl), Moyzes, Tasiano, Gabriel Menino va Benjamin Rollxayzer gol urishdi.

Neymarning «Santos» bilan shartnomasi 2026 yil 31 dekabrgacha amal qiladi. Jamoa sakkiz o'yindan so'ng 12 ochko bilan Paulista jadvalida sakkizinchi o'rinni egallab turibdi. «Velo Klub» esa (sakkiz o'yindan keyin besh ochko) 15-o'rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ