logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:04
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gonsalo Garsiya: «Uning uzatmasidan so'ng gol urmaslikning iloji yo'q edi»

 15 FEVRAL, 2026, 18:42

Madridning «Real» klubi hujumchisi Gonsalo Garsiya jamoadoshi Trent Aleksandr-Arnold haqida o'z fikrlarini bildirdi.

«Trent ulkan iste'dod egasi ekanligini barchamiz bilamiz. U jamoaga yordam bermoqda. U menga uzatgan o'sha ajoyib pasni golga aylantirmaslikning iloji yo'q edi», — deya Garsiyaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Madrid Zone.

Ispaniya chempionatining 24-turida «Real» o'z maydonida «Real Sosedad»ni 4:1 hisobida mag'lub etdi. Garsiya maydonda to'liq 90 daqiqa harakat qildi va Trentning uzatmasidan so'ng bitta gol urdi.

Trent 2025 yilning yozida «Real» futbolchisiga aylangan edi. «Qaymoqranglilar» tarkibida u barcha turnirlarni hisobga olganda 13 ta o'yinda ishtirok etdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ