logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Noyerning qancha vaqtga safdan chiqqani ma'lum bo'ldi

 15 FEVRAL, 2026, 18:18

Myunxenning «Bavariya» klubi darvozaboni Manuel Noyerning jarohati borasida yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi.

Avvalroq 39 yoshli futbolchi jarohat olgani va «Ayntraxt»ga qarshi bo'lajak o'yinni o'tkazib yuborishi xabar qilingan edi. Keyinchalik klub matbuot xizmati bu mish-mishlarni tasdiqladi, biroq tiklanish muddatlariga aniqlik kiritmadi.

BILD nashrining xabariga ko'ra, boldir mushaklaridagi muammo tufayli Noyer taxminan uch haftani o'tkazib yuboradi.

Joriy mavsumda Noyer barcha musobaqalarda 28 ta o'yin o'tkazib, 27 ta gol o'tkazib yubordi va 9 ta uchrashuvda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Ta'kidlash joizki, futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi shu yozda o'z nihoyasiga etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ