logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Fiorentina"da yurak xurujini boshdan kechirgan Bove 14 oydan so'ng futbolga qaytdi

 15 FEVRAL, 2026, 18:16

"Roma" va "Fiorentina" jamoalari o'rtasidagi o'yinda yurak xurujini boshdan kechirgan sobiq futbolchi Edoardo Bove oradan 14 oy o'tib futbolga qaytdi.

23 yoshli italiyalik futbolchi "Uotford" safida CHempionshipning 32-turidan o'rin olgan "Preston Nort End"ga (2:2) qarshi o'yinda debyut qildi. Jamoalar Prestondagi “Deepdale” stadionida o'ynashdi.

Bove uchrashuvni zaxira o'rindig'ida boshladi va 86-daqiqada maydonga tushdi.

Yarim himoyachi 2024 yil dekabr oyida A Seriya 2024/2025 yilgi mavsum 14-turida "Fiorentina"ning "Inter"ga qarshi o'yinida (3:0) maydonga yiqilib, hushini yo'qotdi. Keyinchalik malum bo'lishicha, u tutqanoq xurujini boshdan kechirib, yuragi to'xtab qolgandi. Futbolchi Italiyani tark etishga majbur bo'ldi, chunki liga qoidalari defibrillyator bilan maydonga tushishni taqiqlaydi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ