logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Flik ertaga Bernalga imkoniyat beradimi?

 15 FEVRAL, 2026, 18:12

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yarim himoyachi Mark Bernal «Jirona»ga qarshi bo'lajak derbida asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

«Bernal doim o'ynashga tayyor. Asosiy tarkibni belgilayotganda, biz jamoaning ehtiyojlaridan kelib chiqib ish tutamiz. Maydonga tushishga tayyor bo'lgan barcha futbolchilar tarkib uchun nomzod hisoblanadi. Biz ba'zi o'zgartirishlarni amalga oshiramiz... ular qancha bo'lishini esa ko'ramiz», — dedi Flik jurnalistlarga.

Eslatib o'tamiz, 18 yoshli Bernal «Atletiko»ga qarshi kechgan so'nggi kubok bahsida (0:4) maydonda ko'rinish bermadi. U joriy mavsumda jami 18 ta o'yinda ishtirok etib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ