logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Entso Fernandes "Chelsi"dagi yangi roli haqida gapirdi

 15 FEVRAL, 2026, 17:00

"Chelsi" yarim himoyachisi Entso Fernandes jamoaning hozirgi murabbiyi Liam Rosenor qo'l ostidagi o'z rolidan mamnun ekanini tan oldi.

41 yoshli mutaxassis yanvar oyida iste'foga chiqarilgan Entso Mareskaning o'rnini egallab, "ko'klar" boshqaruviga kelgan edi.

"Endi ko'proq gol urish va golli uzatmalarni amalga oshirish imkoniyatiga ega ekanim menga manzur bo'lmoqda. Murabbiy menga raqib darvozasi oldida harakat qilish erkinligini berdi va men bu rolda o'zimni qulay his qilyapman", — deya ingliz OAVlari Fernandesning so'zlarini keltirmoqda.

Shanba kuni, 21 fevral kuni londonliklar Angliya Premer-ligasining 26-turi doirasida o'z maydonida "Byornli"ni qabul qiladi. Hozirgi vaqtda "Chelsi" 44 ochko bilan chempionat turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ