logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Real" penalti ishlash bo'yicha Evropada ishonchli etakchilik qilmoqda

 15 FEVRAL, 2026, 16:48

Vinisius Juniorning penaltidan urgan ikkita goli «Real Madrid»ga shanba kungi La Liga bahsida «Real Sosedad»ni tor-mor etishga yordam berdi (4:1).

Braziliyalik hujumchi uchrashuvning 25 va 48-daqiqalarida o'n bir metrlik nuqtadan zarba berib, raqib darvozasini aniq nishonga oldi. «Opta» nashrining xabar berishicha, «qaymoqranglilar» Ispaniya chempionatining joriy mavsumida allaqachon 13 ta penalti tepish huquqini qo'lga kiritishdi — bu Evropaning kuchli beshlik ligalari ichida katta farq bilan eng yuqori ko'rsatkichdir. Ikkinchi o'rinda Bundesligada to'qqiz bor penalti tepgan «Bavariya» bormoqda.

24 turdan so'ng 60 ochko jamg'argan «Real» La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi «Barselona» hisobida 58 ochko bor, biroq kataloniyaliklar bitta kam o'yin o'tkazishgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ