logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Reshford yana "Barselona" mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi

 15 FEVRAL, 2026, 16:48

«Barselona» vingeri Markus Reshford haligacha jarohatidan forig' bo'lgani yo'q. Ingliz futbolchisi tizzasidagi jarohat sababli Ispaniya Kubogi yarim finali doirasida Madridning «Atletiko»siga qarshi kechgan o'yinni o'tkazib yuborgan edi.

Jurnalist Viktor Navarroning xabar berishicha, 28 yoshli futbolchi bugungi mashg'ulotlarda ishtirok etmagan — u hamon tizzasida noqulaylik his qilmoqda. Rafinya esa, aksincha, rejalashtirilganidek mashg'ulotlarga qaytdi.

Dushanba kuni «ko'k-anorranglilar» La Liga bahsida safarda «Jirona»ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan seshanbaga o'tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.

Markus Reshford joriy mavsumdagi 34 ta o'yinda 10 ta gol urdi va 13 marta jamoadoshlariga golli uzatma etkazib berdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ