logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Arsenal" Italiya terma jamoasi markaziy himoyachisiga ko'z tikdi

 15 FEVRAL, 2026, 16:30

Milanning "Inter" klubi markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Bastonining xizmatlariga Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda. Biroq futbolchini "Barselona", "Manchester Yunayted" va Madridning "Real" klublari ham kuzatib bormoqda. Shu bilan birga, "Inter" o'z himoyachisi bilan xayrlashishni istamayotgani ta'kidlangan, shu sababli agar klublar italiyalik futbolchini qo'lga kiritmoqchi bo'lsalar, juda katta mablag' sarflashlariga to'g'ri keladi.

Joriy mavsumda 26 yoshli Bastoni barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 30 ta o'yinda ishtirok etdi, bitta gol urdi va o'z hisobiga oltita golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

"Transfermarkt" portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bahosi 80 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ