logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arbeloa Trentning o'yiniga baho berdi

 15 FEVRAL, 2026, 13:42

Trent Aleksandr-Arnold dekabr oyidan beri ilk bor Madridning "Real" klubi asosiy tarkibida maydonga tushdi. Qaytish muvaffaqiyatli kechdi: ingliz futbolchisi "Real Sosedad" bilan uchrashuvning 5-daqiqasidayoq Gonsalo Garsiyaga golli uzatma etkazib berdi, 60-daqiqada esa "qaymoqranglilar" 4:1 hisobida oldinda borayotgan vaqtda zaxiraga olindi. Qolgan vaqt ichida darvozalarga gol urilmadi.

Jamoa ustozi Alvaro Arbeloa Trentning yorqin o'yini uni hayron qoldirmaganini tan oldi.

"Men hayratda emasman. U juda aqlli, o'yinni mukammal tushunadi. Uning mahorati va IQ (intellekt) darajasi yuqori nuqtada.

Bizda shunday futbolchi borligidan baxtiyormiz, lekin bu yangilik emas. Vaqt o'tishi bilan u o'zining eng yuqori formasiga qaytadi", — dedi Arbeloa o'yindan keyingi OAV bilan suhbatda.

Eslatib o'tamiz, Trent Aleksander-Arnold jarohati sababli ikki oydan ortiq vaqtni o'tkazib yuborgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ