logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arbeloa "Real Sosedad" ustidan qozonilgan yirik g'alabaga munosabat bildirdi

 15 FEVRAL, 2026, 13:18

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa La Liga doirasida "Real Sosedad" ustidan qozonilgan yirik g'alabadan (4:1) keyin o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Qaymoqranglilar" Gonsalo Garsiya, Vinisius Junior (dubl) va Federiko Valverdening gollari evaziga uch ochkoni qo'lga kiritishdi. Mehmonlar safida Mikel Oyarsabal bitta aniq zarba bilan javob qaytardi.

"Ajoyib g'alaba. "Real Sosedad" biz bilan uchrashuvga qadar 12 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyaga ega edi, ammo biz mashg'ulotlarda juda yaxshi tayyorgarlik ko'rdik va barcha g'oyalarimizni maydonga ko'chira oldik", — deya "Madrid Universal" Arbeloaning so'zlarini keltirmoqda.

Madridliklar "Barselona"dan ikki ochkoga o'zib ketib, yana turnir jadvalida peshqadam bo'lib olishdi, biroq kataloniyaliklarda bitta zaxira o'yini mavjud.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ