logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arbeloa Mbappening "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda maydonga tushmaganiga izoh berdi

 15 FEVRAL, 2026, 13:12

Madridning "Real" klubi ustozi Alvaro Arbeloa La Liganing shanba kungi "Real Sosedad"ga qarshi o'yinida maydonga tushmagan hujumchi Kilian Mbappe haqida gapirdi. Poytaxt grandi 4:1 hisobida g'alaba qozongan bo'lsa-da, jamoa to'purari bahsni zaxira o'rindig'idan kuzatib bordi va o'yinga qo'shilmadi.

"Mbappe bilan hammasi joyida. U seshanba kuni "Benfika"ga qarshi kechadigan bahsda asosiy tarkibda maydonga tushishga tayyor bo'ladi. Biz bugun kechqurun uning sog'lig'ini xavf ostiga qo'yishni istamadik", — deya Arbeloaning so'zlarini keltirmoqda "Madrid Universal".

"Qaymoqranglilar"ning "Benfika"ga qarshi bo'lajak uchrashuvi Chempionlar ligasi pley-off bosqichining o'tish o'yinlari doirasida Lissabonda bo'lib o'tadi. Javob o'yini 25 fevral kuni "Santyago Bernabeu" stadionida o'tkaziladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ