logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Tottenxem" portugaliyalik yarim himoyachining transferi borasida ikkilanmoqda

 15 FEVRAL, 2026, 12:54

"Tottenxem"ning portugaliyalik yarim himoyachisi Joau Palinya ijara muddati yakunlangach, "Bavariya"ga qaytishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, "shporlar" xavbekni 31 million evroga sotib olish huquqiga ega, biroq Tomas Frank iste'foga chiqarilganidan so'ng, klubda ushbu kelishuvning maqsadga muvofiqligiga shubha paydo bo'lgan. Palinya ajoyib o'yin ko'rsatayotganiga qaramay, "Tottenxem"ni futbolchining yoshi (yozga borib u 31 yoshga to'ladi) va keyinchalik qayta sotishdagi past transfer qiymati xavotirga solmoqda.

London klubi tarkibida Palinya barcha turnirlarni hisobga olganda 34 ta o'yin o'tkazib, beshta gol urdi va o'z hisobiga uchta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ