logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kivu "Yuventus" bilan o'yindagi janjalli vaziyat haqida to'xtaldi

 15 FEVRAL, 2026, 12:36

Milanning "Inter" klubi bosh murabbiyi Kristian Kivu "Yuventus"ga qarshi o'yinda (3:2) simulyatsiya ishlatganlikda ayblangan Alessandro Bastonini himoya qilib chiqdi.

Mehmonlar birinchi bo'lim yakunida bir kishi kam bo'lib qolishdi — Per Kalyulyu Bastoniga ishlatgan qo'polligi uchun ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi. "Neradzurrilar" markaziy himoyachisining ehtimoliy simulyatsiyasi va raqibning qizil kartochkasini namoyishkorona nishonlagani ushbu epizodni janjalli tus olishiga sabab bo'ldi.

"Bastoni simulyatsiya qilmadi. Kontakt bor edi, Kalyulyu uning qarshi hujumga qochib ketishiga to'sqinlik qildi. Alessandro kabi futbolchining simulyatsiyada ayblanayotganidan afsusdaman", — deya jurnalist Nikolo Skira Kivuning so'zlarini keltirmoqda.

"Inter" butun ikkinchi bo'lim davomida ko'pchilik bo'lib o'ynadi, biroq g'alabani faqat o'yin so'ngida ilib ketdi — 90-daqiqada Pyotr Zelinski uchrashuvdagi yakuniy hisobni o'rnatdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ