logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Italiyada janjal: "Yuventus" "Inter"ga yutqazgach, Spalletti va Kellini hakamga hujum qilishdi

 15 FEVRAL, 2026, 12:24

Italiya A Seriyasi 25-turining markaziy o'yinida Milanning "Inter" jamoasi Turinning "Yuventus" klubini qabul qildi. Uchrashuv "neradzurrilar"ning 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Final hushtagi yangraganidan so'ng, "keksa sinora" bosh murabbiyi Luchano Spalletti uchrashuv hakami Federiko la Pennaga tashlandi. Mutaxassis hakamning ishidan juda norozi bo'lgan. Bu haqda "Gazzetta dello Sport" nashri xabar bermoqda.

Stadionning tribuna osti yo'lagida mutaxassis va referi o'rtasida to'qnashuv sodir bo'lgan. Janjalda, shuningdek, Jorjo Kellini va Damen Komolli ham ishtirok etgani kuzatilgan.

Mag'lubiyatdan so'ng "Yuventus" 46 ochko bilan A Seriya jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi. "Inter" (61 ochko) esa birinchi o'rinda ishonch bilan bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ