logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:04
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Voltemade "Nyukasl"da o'ziga xos natijani takrorladi

 15 FEVRAL, 2026, 11:54

Angliya Kubogining 1/16 finalida "Nyukasl" safarda "Aston Villa" ustidan g'alaba qozonib, keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi. O'yin 3:1 hisobida yakunlandi.

"Qarg'alar"ning gollaridan biriga 13 o'yindan beri gol ura olmayotgan hujumchi Nik Voltemade mualliflik qildi. "OptaJoe" xabariga ko'ra, germaniyalik hujumchi 2011 yilning yanvaridan buyon "Nyukasl" safida o'z tug'ilgan kunida (14 fevral) gol urgan ilk futbolchiga aylandi. Oxirgi marta bunday natijani Fabrisio Kolochchini Premer-liga doirasidagi "Tottenxem"ga qarshi bahsda qayd etgan edi.

Joriy mavsumda Voltemade "Nyukasl" tarkibida 38 ta o'yinda maydonga tushib, o'nta gol urdi va to'rtta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ