logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Keyn Evropa futboli afsonalari qatoriga qo'shildi

 15 FEVRAL, 2026, 11:42

"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida 300 ta gol urgan futbolchilarning elita klubiga a'zo bo'ldi.

Angliyalik futbolchi ushbu marrani zabt etgan to'qqizinchi o'yinchiga aylandi. Myunxenliklar hujumchisi o'zining 300-golini shanba kuni Bundesliga doirasida kechgan "Verder"ga qarshi bahsda (3:0) kiritdi. Keynga qadar 300 va undan ortiq gollarni Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu, Robert Levandovski, Jimmi Grivz, Gerd Myuller, Stiv Blumer, Diksi Din va Zlatan Ibrahimovich urishga muvaffaq bo'lishgan.

Evropaning etakchi ligalaridagi umumiy gollar soni bo'yicha rekordchi Lionel Messi bo'lib turibdi — 396 ta gol. Krishtianu Ronaldu undan atigi bitta to'pga ortda qolmoqda. Ikkala futbolchi ham faoliyatini davom ettirishmoqda, biroq endilikda Evropadan tashqarida to'p surishmoqda.

"Bavariya"ga o'tishdan oldin Xarri Keyn uzoq yillar davomida "Tottenxem" sharafini himoya qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ