logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Vinisiusning so'rayotgan juda katta maoshni to'lay oladigan Evropa klubi nomi ma'lum bo'ldi

 15 FEVRAL, 2026, 11:24

Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Junior "Manchester Siti"ning transfer maqsadlari qatoridan joy oldi.

Braziliyalik futbolchi haligacha "qaymoqranglilar" bilan shartnomani uzaytirishdan yiroq bo'lib turibdi. 25 yoshli futbolchi haftasiga taxminan 350 ming evro maosh olmoqchi, biroq hozirda "qirollik klubi" bunday talabni qondirishga tayyor emas. Agar vaziyat o'zgarmasa, o'yinchi yaqin kelajakda jamoadan ketish imkoniyatini ko'rib chiqadi. "MatchDay Central" nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, "Manchester Siti" vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda va hujumchiga manfaatli taklif berishga tayyor. Shuningdek, uning 2027 yilda erkin agent sifatida boshqa klubga o'tishi ham istisno etilmayapti.

Saudiya Arabistoni chempionati vakillari ham Vinisius uchun poygadan chiqishgani yo'q, biroq ular yulduz futbolchini ko'ndirish uchun yanada kattaroq shartlar taklif qilishlariga to'g'ri keladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ