logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kerrik rejalariga kirmagan yulduz "MYu"dan ketadi

 15 FEVRAL, 2026, 11:06

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Meyson Mauntning kelajagi noaniqligicha qolmoqda.

27 yoshli futbolchi uchun Maykl Kerrik tizimida asosiy tarkibdan joy olish qiyin kechmoqda, chunki "o'nlik" pozitsiyasi jamoaning asosiy yulduzi va sardori — Brunu Fernandesh tomonidan band etilgan. Ingliz OAVlarining xabariga ko'ra, "qizil iblislar" Mauntni taxminan 20 million funt sterling (23 million evro) evaziga sotish imkoniyatini ko'rib chiqishlari mumkin.

"Transfermarkt" portalida yarim himoyachining qiymati yuqoriroq — 32 million evroga baholangan. "Chelsi" sobiq futbolchisining amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan bo'lib, unda kelishuvni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham mavjud.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ