logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Rasman. “Tottenhem” yangi murabbiy nomini e'lon qildi

 14 FEVRAL, 2026, 21:42

Londonning “Tottenhem” klubi Igor Tudor bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzolanganini e'lon qildi. 47 yoshli mutaxassis yaqinda ishdan bo'shatilgan Tomas Frankning o'rnini egalladi.

“Bunday muhim pallada klubga qo'shilish men uchun katta sharaf. Maqsadlarim aniq — o'yinimizda barqarorlikni ta'minlash va har bir bahsda g'alaba qozonish. Tarkibda kuchli ijrochilar ko'p, mening vazifam esa ularni jipslashtirish va natijalarni tezda yaxshilashdir”, deydi Tudor o'zining ilk intervyusida.

Igor Tudor murabbiylik faoliyati davomida Evropaning ko'plab klublarida, jumladan, “Yuventus”, “Latsio”, “Marsel” va “Galatasaroy”da ishlagan. U 2025 yilning martidan oktyabrigacha Turinning “Yuventus” klubini boshqargan edi. Futbolchi sifatida ham u aynan “Yuventus” safida ikki bor Italiya chempioni bo'lgan va 1998-yilgi Jahon chempionatida Xorvatiya bilan bronza medallarini qo'lga kiritgan.

Ma'lumot uchun, 22 fevral kuni “Tottenhem” o'z maydonida chempionat peshqadami va azaliy raqibi — “Arsenal”ni qabul qiladi. Mazkur bellashuv Tudor uchun jamoadagi debyut bahs hisoblanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ