logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

A Seriya. "Fiorentina" safarda "Komo"ni mag'lub etdi

 14 FEVRAL, 2026, 21:30

Italiya A Seriyasining 25-turidan o'rin olgan bahsda "Fiorentina" safarda "Komo" ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

26-daqiqada florentsiyaliklar yarim himoyachisi Nikolo Fadjoli hisobni ochdi. 54-daqiqada esa Moyze Kin penaltini aniq amalga oshirib, mehmonlarning ustunligini ikkitaga oshirdi.

77-daqiqada Fabiano Parizining avtogoli tufayli maydon egalari bitta javob to'pini kiritishdi. Bundan etti daqiqa avval "Fiorentina"ni boshqarayotgan Paolo Vanoli maydondan chetlatilgan edi.

89-daqiqada "Komo" hujumchisi Alvaro Morata ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi.

"Komo" (41 ochko) A Seriyada oltinchi o'rinda qolmoqda. Sesk Fabregas jamoasi so'nggi 11 o'yindagi ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.

"Fiorentina" (21 ochko) esa uchta o'yindan iborat g'alabasiz seriyasiga chek qo'ydi va turnir jadvalida 18-o'rinda bormoqda.

Italiya A Seriyasi, 25-tur

14 fevral, 17:00. «Juzeppe Sinigalya» stadioni.

«Komo» — «Fiorentina» — 1:2 (0:1)

Gollar: 0:1 – 26 Fadjoli, 0:2 – 54 Kin (penalti), 1:2 – 77 Parizi (avtogol).

«Komo»: Byute, Kempf, Ramon, Vale (Moreno, 46), Voyvoda (Kakere, 72), Perrone (Morata, 57), Da Kunya, Pas, Baturina, Kyun (Rodriges, 46), Duvikas (Adday, 57).

«Fiorentina»: de Xea, Pongrachich, Raneri, Parizi, Dodo, Fadjoli (Ndur, 84), Breshanini, Mandragora, Solomon, Xarrison, Kin (Pikkoli, 84).

Ogohlantirishlar: Kempf (49), Rodriges (82), Morata (88) — Mandragora (88), Raneri (90).

Chetlatish: Morata (89, ikkinchi sariq).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ