logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"PSJ" Liga 1 joriy mavsumida jiddiy raqobatga duch kelmoqda

 14 FEVRAL, 2026, 18:18

"PSJ" joriy chempionatda avvalgi ikki mavsumning har biriga qaraganda ko'proq o'yinda mag'lubiyatga uchradi.

Kecha Luis Enrike shogirdlari 22-tur doirasida safarda "Renn" jamoasiga imkoniyatni boy berishdi — 1:3.

29 noyabr kuni parijliklar Liga 1 bahslarida "Monako"ga (0:1), 22 sentyabrda esa "Marsel"ga (0:1) yutqazib qo'yishgan edi. Shu tariqa, ularning hisobida allaqachon uchta mag'lubiyat mavjud.

Taqqoslash uchun, 2024/25 va 2023/24 yilgi mavsumlarning har birida "PSJ" chempionat davomida jami ikki martadangina mag'lubiyat alamini tortgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ