logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Krauch "Tottenxem" uchun eng yaxshi murabbiy nomzodini aytdi

 14 FEVRAL, 2026, 18:00

"Tottenxem"ning sobiq futbolchisi Piter Krauch klubning bosh murabbiy izlashi borasida o'z fikrini bildirdi. "Shporlar" shanba kuni Igor Tudorni bosh murabbiy etib tayinlashdi, biroq shartnoma faqat joriy mavsum yakuniga qadar imzolandi.

"Men yozda Maurisio Pochettinoni taklif qilgan bo'lardim. U ijobiy kayfiyatni qaytargan bo'lardi. Bu yaxshi variant bo'lardi, ammo hozir boshqa yaxshi murabbiylar ham bor. Andoni Iraola va hatto Marku Silva ham — yaxshi variantlar", — dedi Krauch "Paddy Power" nashriga.

"Tottenxem" Angliya chempionati turnir jadvalida 16-o'rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o'yinini 22 fevral kuni o'z maydonida "Arsenal"ga qarshi o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ