logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Biz o'sha voqeadan saboq oldik»: Tibo Kurtua «Benfika»ga qarshi revansh haqida gapirdi

 14 FEVRAL, 2026, 17:42

Madridning «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua Chempionlar ligasida «Benfika»ga qarshi bo'lajak qarama-qarshilikdan kutilmalari bilan o'rtoqlashdi.

Jamoalar umumiy bosqichning so'nggi turida o'zaro to'qnash kelishgan edi va ushbu o'yin «qaymoqranglilar» uchun muvaffaqiyatsiz yakunlangandi: mag'lubiyat (2:4) sababli Ispaniya grandi turnirning 1/8 finaliga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmadan mahrum bo'ldi. Endilikda Alvaro Arbeloa jamoasi pley-offning o'tish bosqichida yana «burgutlar» bilan kuch sinashishiga to'g'ri keladi.

«Lissabondagi «Benfika»ga qarshi o'yin juda qiyin bo'lgan edi. Bu stadionda g'alaba qozonish murakkab, o'sha kuni biz eng yaxshi o'yinimizni ko'rsata olmaganimizni bilaman, lekin sodir bo'lgan voqeadan saboq oldik. Bu safar hammasi boshqacha bo'ladi, chunki oldinda bizni «Bernabeu»dagi javob uchrashuvi kutayotganini anglab turibmiz», — dedi Kurtua o'z intervyusida.

Dastlabki bahs 17 fevral kuni Lissabonda, javob o'yini esa 25 fevral kuni Madridda bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ