logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"UFC bu jangni xohlayapti". Murabbiy Topuriya - Maxachev jangi haqida gapirdi

 14 FEVRAL, 2026, 17:16

UFC’ning engil vazn toifasidagi chempioni Iliya Topuriyaning murabbiyi Xavi Kliment yarimo'rta vazn toifasidagi amaldagi chempion Islam Maxachevga qarshi ehtimoliy to'qnashuvi haqida fikr bildirdi.

"Iliyaning Maxachevga qarshi jangi — bu, shubhasiz, jamoamizda eng kutilayotgan jang. Divizionda Topuriyadan yaxshiroq hech kim yo'q, Islam esa ikki karra chempion. Bu yarimo'rta vazn va MMA’ning ikki afsonasi o'rtasidagi to'qnashuv. Biz aynan shuni kutyapmiz.

Iliya ham, Islam ham — ular to'qnash kelgan har kimni yo'q qiladigan ikki jangchi. Ularning jangi titanlar to'qnashuviga aylanadi, ham Maxachevning, ham Topuriyaning o'ziga xos uslubi bor.

Men bu ertami-kechmi, baribir ro'y berishini bilaman, chunki buni ikki jamoa ham xohlayapti, UFC ham. Ular shunchaki eng mos paytni izlayapti [bu jangni tashkil qilish uchun]", — dedi Kliment.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ