logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Liverpul" Muhammad Salohni sotishga tayyor. Unga ikki klub da'vogar

 14 FEVRAL, 2026, 17:00

"Liverpul" qanot hujumchisi Muhammad Saloh mavsum yakunlanganidan keyin jamoani tark etishi mumkin.

"Football Insider" nashrining xabar berishicha, mersisaydliklar misrlik futbolchi bilan amaldagi shartnomaning tugashiga atigi bir yil qolayotgani sababli, uni yozgi transfer oynasida sotishga tayyorlar. Mish-mishlarga ishonilsa, 33 yoshli futbolchiga Saudiyaning "Al-Ittihod" klubi hamon jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biroq, Salohni o'z safiga qo'shib olish borasida "Al-Ittihod"ga "Liverpul"ning sobiq murabbiyi Brendan Rodjers faoliyat yuritayotgan "Al-Qodisiya" klubi raqobat tug'dirishni rejalashtirmoqda.

Joriy mavsumda Muhammad Saloh barcha turnirlarda 26 ta o'yinda ishtirok etib, 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" mutaxassislari futbolchining qiymatini 30 million evroga baholamoqdalar.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ