logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Fabregas Italiya chempionatidagi muhim bahs oldidan o'z fikrlarini bildirdi

 14 FEVRAL, 2026, 15:48

"Komo" ustozi Sesk Fabregas Italiya chempionatining 25-turi doirasida "Fiorentina"ga qarshi bo'lib o'tadigan bahs haqida gapirdi.

"Bizga kuchli raqib qarshilik ko'rsatadi. "Fiorentina" — katta tarixga ega jamoa, shu sababli ularning A Seriyadagi hozirgi holati ko'pchilikda hayrat uyg'otmoqda. Bu ikkala jamoa uchun ham muhim o'yin bo'ladi. Biz uchun ham, ular uchun ham ko'p narsa xavf ostida", — deya ispaniyalik murabbiyning so'zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.

"Komo" va "Fiorentina" o'rtasidagi uchrashuv bugun, 14 fevral kuni bo'lib o'tadi, o'yin Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi. Bugungi holatga ko'ra, mezbonlar A Seriya jadvalida 6-o'rinni egallab turibdi, "binafsharanglilar" esa 18-pog'onadan joy olgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ