Fernandu Santush Ronalduning 2003 yildagi transferini yodga oldi
14 FEVRAL, 2026, 13:48
Portugaliya terma jamoasi sobiq ustozi Fernandu Santush yulduz hujumchi Krishtianu Ronalduning 2003 yilda amalga oshirilgan "Manchester Yunayted"ga transferi haqida to'xtalib o'tdi.
"Krishtianuga uning mahorati va g'ayrat-shijoati bilan dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lishini aytganim yodimda. Oradan bir necha yil o'tib, Ronaldu dunyoda eng yaxshi deb tan olinganida juda faxrlangandim", — deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi "A Bola" nashri.
41 yoshli Ronaldu 2023 yilning yanvar oyidan beri Saudiya Arabistoni chempionatida "An-Nasr" sharafini himoya qilib kelmoqda. Krishtianu va Saudiya klubi o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi. Uning bozor qiymati hozirda 12 million evroni tashkil etmoqda.
