logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Napoli" etakchisining maydonga qaytish muddati ma'lum bo'ldi

 14 FEVRAL, 2026, 13:36

"Napoli"ning kamerunlik yarim himoyachisi Andre-Zambo Angissa o'tgan yilning noyabr oyi o'rtalarida safdan chiqqan edi. Bu neapolliklar uchun katta yo'qotish, shu sababli jamoa ustozi Antonio Konte uning maydonga qaytishini intiqlik bilan kutmoqda.

Italiyaning "La Repubblica" nashri aniqlik kiritishicha, kamerunlik futbolchi mart oyi boshida safga qaytadi. Bu 1 mart kuni "Napoli"ning "Verona"ga qarshi uchrashuvida yoki, eng kechi bilan, 8 mart kuni "Torino" bilan bo'ladigan o'yinda yuz berishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, hozirda "Napoli" boshqa musobaqalarda ishtirok etmayapti — Italiya klubi Chempionlar Ligasi va Italiya Kubogini tark etgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ