logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Slot Kyortis Jons atrofidagi mish-mishlarga nuqta qo'ydi

 14 FEVRAL, 2026, 13:30

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot jamoa yarim himoyachisi Kyortis Jonsga katta klublar tomonidan bo'layotgan qiziqishlar haqida fikr bildirdi.

"Kyortis Jonsga katta klublar qiziqish bildirayotgani mutlaqo tabiiy hol. Biz u bilan shartnomani uzaytirishga harakat qilyapmiz, biroq uni o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lgan klublar ham bor. U yaqin haftalar, oylar va keyingi mavsum uchun ham rejalarimizning bir qismi bo'lib qoladi", — deya Slotning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.

25 yoshli Jons — "Liverpul" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 32 ta o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Xavbekning mersisaydliklar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. "Transfermarkt" ekspertlari uning qiymatini 40 million evroga baholashmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ